22:10 / 14.03.2019
3 436

Moʻynoqda “NavrUZ” etnofestivali oʻtkaziladi

Moʻynoqda “NavrUZ” etnofestivali oʻtkaziladi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanida Navroʻz bayrami oʻzgacha ruhda oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Yangi hayot boshlanayotgan tumanda bayramni oʻtkazishga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda.

– Tumanda “NavrUZ” etnofestivalini oʻtkazish uchun alohida tayyorgarlik koʻrilmoqda, – deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vaziri oʻrinbosari Asan Niyetullayev. – Ushbu etnofestivalni tashkil qilishdan asosiy maqsad Moʻynoq tumanida turizmni rivojlantirishga hissa qoʻshish va milliy anʼanalarimizni madh etishdan iboratdir. Festival asosan tuman markazi – Hunarmandlar qishlogʻida oʻtkaziladi. Tadbir ishtirokchilari ikki kun davomida har xil folklor-etnografik jamoalarning chiqishlarini, milliy oʻyinlarni va koʻrgazmalarni tomosha qilishi mumkin.

Festival mehmonlari hududda baliqchilar, hunarmandlar uylari, milliy anʼanaga mos tarzda uy mehmonxonalari qurilganiga guvoh boʻladi. Hunarmandlar shu yerda kashtachilik, gilamchilik, quroq tikish va boshqa ishlar bilan shugʻullanmoqda.

Milliy anʼanalarga bagʻishlangan teatrlashtirilgan xoreografik dasturlar namoyish etilishi koʻzda tutilgan. Sumalak, Navroʻz goʻja tayyorlanadi. Chimboy tumanidan tashrif buyurgan uy ustalari esa oʻtovlarni qurish jarayonini namoyish qilishadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi jismoniy madaniyat va sport vazirligi milliy hamda xalqimizning azaliy ot sporti oʻyinlarini namoyish etadi.

Festival davomida bir tomonda milliy kiyimlar modasi namoyish etilayotgan boʻlsa, ikkinchi tomonda hunarmandlarning qoʻl mehnatlari koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi. Sayl tashkil etiladi.

Mumtoz ashulalar yangrab, gulxan atrofida jirov-baxshilar terma-dostonlar ijro etishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Moʻynoqda “NavrUZ” etnofestivali oʻtkaziladi