23:00 / 14.03.2019
14 030

Yetti xazina haqida bilasizmi?

Yetti xazina haqida bilasizmi?
Xalqimiz yetti xazina deganda, sigir, tovuq, asalari, ipak qurti, objuvoz (moyjuvoz), tegirmon va oʻrmonni nazarda tutadi. Bu bejiz emas. Fikrimiz tasdigʻini birgina asalari misolida koʻradigan boʻlsak, uning asali, zahri, suti, propolisi, gulchangi ming dardga davo, mumidan esa sanoatimizda keng foydalaniladi. Paxta dalalaridagʻoʻza gullagan davrda bir milliondan koʻproq asalari oilalarini boqish mumkin. Ayni paytda respublikamizda 460 mingdan ziyod asalari oilasi mavjud.

Ipak qurti esa pillachilikda ancha asqatadi. Mazkur soha agrar tarmoqning asosiy yoʻnalishlaridan biri. Uning mahsuloti tabiiy ipak olish manbai boʻlgan ipak qurti pillalari hisoblanadi. Jahon bozorida ipak mahsulotlariga boʻlgan talabning tobora oshib borayotganligi oʻz navbatida, mamlakatimizda pilla yetishtirish hajmlarini bosqichma-bosqich oshirish va sifatini yanada yaxshilashni taqozo etmoqda.

Respublikaning tabiiy iqlim sharoitida har ikkala soha turlari bilan shugʻullanib, yaxshigina daromad olish uchun serasal oʻsimliklarni koʻpaytirish, asalari oilasini tezkor texnologiya yoʻllari bilan boqish, ipakchilikda tutzorlarni koʻpaytirish, inkubatoriy va qurtxonalar uchun binolarni tanlash, ularni isitishga oid qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yurtimizning barcha hududlarida “Ipak qurti yetti xazinaning biri” va “Asalarichilik sirlari” mavzularida master-klasslar oʻtkazilyapti.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston yosh fermerlari Kengashi hamda “Oʻzbekistonasalarichilari” va “Oʻzbekipaksanoat” uyushmalari bilan hamkorlikda Urganch tuman qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kollejida “Asalarichilik sirlari” boʻyicha mahorat darslari tashkil etildi.

Unda ishsiz yoshlarni kasbga oʻrgatishga, ular oʻrtasida asalarichilikni keng targʻib etishga alohida eʼtibor qaratildi. Sohaning tajribali mutaxassislari maʼruzalarida asalarichilikda veterinariya xizmati, asalarilar hayoti va ularda uchraydigankasalliklar hamda xozirgi kunda asalarilarni parvarishlashga qaratilgan imkoniyatlar boʻyicha ishtirokchilar bilim va koʻnikmalarini yanada oshirdi.

Oʻquv davomida Xorazm viloyati asalarichilik uyushmasi rahbari Orif Yunusov qatnashchilarni Xorazm viloyati asalarichilik uyushmasining faoliyati, maktab tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar va belgilab berilgan talablar bilan tanishtirib oʻtdi.

Havaskor yoshlar Xorazm asallari qanday kasalliklarga davo boʻlishi, 5 ta asalari uyasi parvarish qilish qancha mablagʻ, vaqt talab qilishi hamda 1 yilda olinadigan daromad miqdori bilan bogʻliq asosli maʼlumotlarga ega boʻldi.

Qizgʻin savol-javoblar va murojaatlar davomida Shukurjon Jumaniyozova asalarichilik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun kredit olish boʻyicha murojaat qildi. Toʻgʻri yoʻnaltirilgan yosh fermerga oʻz hududidagi bankdan 3 yilga 6 oy imtiyozli davr bilan 8 % li kredit ajratilishi mumkinligi aytib oʻtildi.

Shuningdek, eng kam oylik ish xaqining 150 barobari miqdorida kredit oluvchilar uchun kafil ham taʼminot garovi ham talab qilinmasligi faqatgina maxalla raisi va sektor rahbari tomonidan kafillik xati yetarliligi yoshlar uchun ayni muddao boʻldi.

Agro sayohatda asalarilar uyalari oldida amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilib, ishchi asalari, ona asalari, erkak asalarilar va asalarilarning 40-45 kun yashashi xususida fikr-mulohazalar yuritildi.

Bugungi kunda asallarni qayta ishlash boʻyicha Xorazm viloyati asalarichilik uyushmasi tomonidan asalni qayta ishlovchiinnovatsion “Polsha” texnologiyasi xorijdan Oʻzbekistonga olib kelingan. Yosh fermerlar ayni shu sexga tashrif buyurishdi. Orif Yunusov mazkur uyushma soxaga qiziquvchi yoshlarga asalarichilik faoliyati boʻyicha kredit olishlari uchun koʻmaklashishini, ustoz-shogird anʼanalariga muvofiq xar bir yosh uchun tajribali mutaxassis biriktirib, bir yil ichida “yosh asalarichi” mutaxassislarni tayyorlashini alohida taʼkidladi.

Bu kabi seminarlar Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham davom etdi. Amudaryo tumanidagi “Erkin Rasulov Asalchi” fermer xoʻjaligida “Asalarichilik sirlari” mavzusida koʻrgazmali mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Asal yetishtirish usullari, asalarini boqish va ularga joy tanlash boʻyicha taqdimotlar namoyish etildi.

Tadbir soʻnggida 1 nafar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Amudaryo tumani Kengashi kafilligi asosida jazodan ozod etilgan va 3 nafar ishsiz yoshlar, 2 nafar kasb-xunar kollej bitiruvchilari asalarichilik bilan shugʻullanish istagini bildirdi. Ular kerakli tajriba oshirishishlari uchun “Erkin Rasulov Asalchi” fermer xoʻjaligiga biriktirildi.
Shahnoza Nurullayeva

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yetti xazina haqida bilasizmi?