23:46 / 14.03.2019
4 500

DXX va IIV xodimlari katta miqdordagi giyohvand moddalar savdosiga chek qoʻyishdi

DXX va IIV xodimlari katta miqdordagi giyohvand moddalar savdosiga chek qoʻyishdi
Giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi va oldi-sotdisi insoniyat oldidagi eng jiddiy xavflardan biridir.

Chunki chegara bilmas bu illat allaqachon global muammoga aylanib ulgurdi. Shu bois ham mamlakatimizda giyohvandlikka qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda. Bu haqda “Uza” xabar berib oʻtdi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida Urgut tumanidagi “Jartepa-avto” xalqaro oʻtkazish punkti yaqinda joylashgan “Mugʻol” qishlogʻida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Tojikiston Respublikasining Soʻgʻd viloyati Panjikent tumani Boʻstondex qishlogʻida yashovchi Umid Hasanov Urgut shahrida istiqomat qiluvchi Qobil Axatovga 1,5 kg. opiy giyohvand moddasini sotayotgan paytda qoʻlga olindi.

Tezkor surishtiruvlar davomida Umid Xasanovning hamtavogʻi boʻlgan Toyloq tumani Bachki qishlogʻida istiqomat qiluvchi Sayfullo Shodiyevning xonadonida 12 kg 445 gramm opiy moddasi saqlanayotgani maʼlum boʻldi va tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holat boʻyicha DXX Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida Sayfullo Shodiyevning tanishi boʻlgan Shuhrat Mustafoqulov ham ushlanib, u oʻz otasining xonadoniga 8 kg 330 gr. opiy va 2 kg 335 gr. geroin moddasini yashirib qoʻyganligi aniqlandi va mazkur giyohvand moddalar tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Bundan tashqari, muqaddam Shuhrat Mustafoqulov va Sayfullo Shodiyevdan giyohvand moddalar sotib olgan fuqaro Akmal Islomovning yashash joyidan esa 1 kg 200 gr opiy va 70 gramm geroin moddasi olindi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 23 kg 450 grammdan ortiq opiy va 2 kg 400 grammdan ziyod geroin giyohvand moddasi olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX va IIV xodimlari katta miqdordagi giyohvand moddalar savdosiga chek qoʻyishdi