13:29 / 15.03.2019
4 623

Namanganda olti tonnalik sumalak tayyorlanmoqda

Namanganda olti tonnalik sumalak tayyorlanmoqda
Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida bir qozonda 6 tonnalik sumalak tayyorlash rejalashtirilmoqda. Navroʻz bayramini nishonlash kunlari rekord-sumalak tayyorlanadi.

Nampravda xabariga koʻra, sumalak tayyorlash boʻyicha aksiya 19-21 mart kunlari “Sumalak sayli” turizm va milliy qadriyatlar ikkinchi festivali doirasida boʻlib oʻtadi. Oʻtgan yili birinchi rekord oʻrnatilganda, tayyorlangan sumalak ogʻirligi 5 tonnani tashkil etgan. Shu tariqa, oldingi koʻrsatkichni yanada yaxshilash rejalashtirilgan.

Rejaga koʻra, “rekord sumalak” uchun 1 tonna bugʻdoy, 500 kilogramm yogʻ, 3 tonna un ketadi. U maxsus qozonda tayyorlanadi, qozon tashkilotchilar buyurtmasi boʻyicha Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Markaziy taʼmirlash-muhandislik zavodida yaratildi. Namanganga diametri 3,8 metr, hajmi 7 ming litr va umumiy ogʻirligi 4600 kilogramm boʻlgan qozon allaqachon olib kelingan.

Sumalak tayyorlash uchun tanlov asosida 30 nafar tajribali ayol oshpaz tanlab olindi. Ularning barchasi tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda olti tonnalik sumalak tayyorlanmoqda