15:00 / 15.03.2019
3 262

Toshkentda Lacetti avtomashinasini olib qochgan shaxs qoʻlga olindi

Toshkentda Lacetti avtomashinasini olib qochgan shaxs qoʻlga olindi
Foto: IIBB matbuot xizmati
Joriy yil 13 mart kuni soat 22.50 da ichki ishlar idoralariga 37 yashar Aʼzamjon Sh.dan Chilonzor tumanining Farhod koʻchasida oʻt oldirish kaliti bilan qoldirilgan Lacetti rusumli mashinasi olib qochilgani haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati maʼlum qildi.

Uchtepa tuman patrul-post xizmati xodimlari tomonidan “Qoʻlga olish” rejasi eʼlon qilindi. Soat 23.10 da qidiruvga berilgan avtomobil va gumonlanuvchi tumanning 12-dahasida ekanligi aniqlandi.

Gumonlanuvchi xodimlarning talabiga boʻysunmadi, harakatni davom ettirdi va yashirinishga urindi.

Shunga qaramay, mashina toʻxtatildi, gumonlanuvchi esa qoʻlga olindi. U Toshkent viloyatida yashovchi 33 yashar Bavurjon Yu. boʻlib chiqdi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda Lacetti avtomashinasini olib qochgan shaxs qoʻlga olindi