17:45 / 15.03.2019
8 734

Xorijga erga tegayotgan ayolini sobiq eri Toshkentda pichoqlab oʻldirdi (video)

Xorijga erga tegayotgan ayolini sobiq eri Toshkentda pichoqlab oʻldirdi (video)
Ikki yosh— Muhammad Abdulaziz va Oydina oʻzaro kelishmovchiliklar sabab 2018 yilning oktyabr oyida ajrashishgan edi. Lekin yigit oilasini saqlab qolishga harakat qilib, qizga qaytib kelishni taklif etadi.

Ammo Oydina sobiq turmush oʻrtogʻiga endi u bilan yashamasligini va Janubiy Koreya fuqarosiga turmushga chiqmoqchi ekanligini maʼlum qiladi.

“Markaziy studiya” koʻrsatuvida hikoya qilinishicha, mazkur xabardan gʻazablangan Muhammad Abdulaziz Namangan shahridan Toshkentga kelib, sobiq xotinini qidirib topadi va uniing 11 joyiga oshxona pichogʻida zarba berib pichoqlaydi. Jabrlanuvchi ogʻir jarohatlar tufayli vafot etadi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi sudyasi Baxtiyor Islomovning malʼum qilishicha, sudlanuvchi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandiga muvofiq 18 yil ozodlikdan mahrum etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorijga erga tegayotgan ayolini sobiq eri Toshkentda pichoqlab oʻldirdi (video)