20:05 / 15.03.2019
4 953

Namangan viloyatining sobiq prokurori qamoqqa olingani rostmi?

Namangan viloyatining sobiq prokurori qamoqqa olingani rostmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda “Qodirovni tergov qilgan prokuror ham qamoqqa olindi” mazmunidagi xabarlar tarqaldi.

Ularda joriy yil 8 mart kuni Namangan viloyatining sobiq prokurori Ulugʻbek Toshev yuqori lavozimdagi amaldorga katta miqdorda pora beraëtgan paytda DXX xodimlari tarafidan ushlangani qayd etilgan. Toshev 50 ming AQSH dollar pora beraëtgan paytda qoʻlga olinib, unga nisbatan qamoq ehtiët chorasi belgilangani bildirilgan.

OʻzA ushbu xabarga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot xizmati bilan bogʻlandi. Matbuot xizmatida U.Toshevning ushlangani haqida maʼlumot yoʻq ekan.

Eslatib oʻtamiz, Ulugʻbek Toshev Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namanganga tashrifidan soʻng ishdan olingandi. U 2018 yil aprelida Namanganda ish boshlagan, bundan avval Samarqand viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namangan viloyatining sobiq prokurori qamoqqa olingani rostmi?