11:55 / 16.03.2019
4 022

Mirziyoyev topshirigʻi: Rossiya xokkeyi yulduzlariga Toshkentda kvartiralar beriladi

Mirziyoyev topshirigʻi: Rossiya xokkeyi yulduzlariga Toshkentda kvartiralar beriladi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimiga Rossiya xokkeyi yulduzlariga kvartiralar taqdim etish haqida koʻrsatma berdi, ular respublikada ushbu sport turini rivojlantirishga yordam beradi. Bu haqda davlat rahbari juma kuni Humo Arena muz saroyining ochilish marosimida xabar qilgan.

Uning soʻzlariga koʻra, marosim oldidan xokkeyni rivojlantirishda Oʻzbekistonga yordam berishni vaʼda qilgan rossiyalik afsonaviy xokkeychilar bilan uchrashgan.

“Men hokimga (Toshkent shahri - tahr.) ularga kvartiralar taqdim etishi kerakligi haqida koʻrsatma berdim. Ular Oʻzbekistonga kelganida, oʻzlarini mehmonda emas, balki xuddi uydagidek his etishlari lozim”, - dedi prezident. Shavkat Mirziyoyev aniq ism-familiyalarni aytmagan.

Ochilish marosimida olimpiya chempioni Tatyana Navka ishtirok etdi, u oʻzining muz ustidagi “Shchelkunchik” shousini taqdim etdi. Shuningdek, arenada oʻzbekistonlik yosh xokkeychilarning rasmiy oʻyini boʻlib oʻtdi. Ular “Binokor” xokkey klubi faxriylari va Rossiya xokkeyi afsonalari - Aleksandr Yakushev, Vitaliy Proxorov, Aleksey Jamnov, Pavel Bure hamda Valeriy Kamenskiyga qarshi shayba surishdi.

Humo Arena muz saroyining qurilishi 2017 yil fevral oyida boshlandi. Zamonaviy muhandislik texnologiyalarini uygʻunlashtirgan “Humo Arena” majmuasidan 12,5 ming oʻrinli koʻp tarmoqli muz arenasi, 200 oʻrinli mashgʻulotlar maydoni, trenajyor zali, sport muzeyi va koʻplab boshqa obyektlar oʻrin olgan.

Har biri 60x30 metr oʻlchamdagi asosiy va mashq maydonlari musobaqalarni xalqaro talablar darajasida oʻtkazish, yoshlarni sport bilan shugʻullantirish uchun yaxshi imkoniyat beradi. Mobil oʻrindiqlar sport musobaqalaridan boʻsh paytda ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga ham moslasha oladi.

Bu yerda xokkey, short-trek, figurali uchish, kyorling bilan birga basketbol, voleybol, gandbol, futzal, boks, taekvondo va boshqa turdagi bellashuvlar oʻtkazish mumkin. Bundan tashqari, bayram tadbirlari, konsertlar, koʻrgazma va forumlar tashkil etish uchun ham sharoit yaratilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirziyoyev topshirigʻi: Rossiya xokkeyi yulduzlariga Toshkentda kvartiralar beriladi