16:30 / 16.03.2019
4 381

Ixtiyoriy-majburiy hasharlarga jalb qilmaslik uchun qonuniy asos bormi?

Ixtiyoriy-majburiy hasharlarga jalb qilmaslik uchun qonuniy asos bormi?
2018 yil 10 may kuni Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 349-sonli qarori qabul qilindi.

Unga muvofiq, hokimlar, barcha darajadagi davlat va hoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlariga fuqarolarni, jumladan, taʼlim, sogʻlikni saqlash muassasalari boshka byudjet tashkilotlari hodimlarini, taʼlim muassasa oʻqituvchilari va talabalarni majburiy mehnatga obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish ishlari, mavsumiy qishloq hoʻjaligi ishlari, metall chiqindilar va makalatura yigʻish, shuningdek, boshqa turdagi mavsumiy ishlarga jalb qilish holatlarining zudlik bilan oldini olish va chek qoʻyishga, bunday holat roʻy berganda esa huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berish vazifalari yuklatildi.

Qarorga muvofiq, umumxalq hasharini oʻtkazish yuzasidan faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjati yoki Vazirlar Mahkamasining qarori mavjud boʻlgan taqdirda, hasharda ishtirok etadigan shaxslar mehnat qiladigan tegishli tashkilot hududida mehnatni muhofaza qilish va havfsizlik normalariga katʼiy rioya etgan holda faqat ixtiyoriy tarzda tashkil etilishi va oʻtkazilishi mumkin.

Biroq avtomobil yoʻllari, harakatlanishi tigʻiz boʻlgan koʻchalar, suv obyektlari, qirgʻoqboʻyi hududlar va zonalar, qurilish maydonlari, bino va inshoot tomlari, maxsus ishlab chiqarish obyektlari, shuningdek, insonning hayoti yoki sogʻligiga xavf tugʻilishi yuzaga keluvchi boshqa joylarda ixtiyoriy tashabbus bilan hasharlar va boshqa ishlarni oʻtkazish qatʼiy taqiqlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ixtiyoriy-majburiy hasharlarga jalb qilmaslik uchun qonuniy asos bormi?