18:05 / 16.03.2019
5 331

Internetda YPX inspektorlari yangi formasining surati paydo boʻldi

Internetda YPX inspektorlari yangi formasining surati paydo boʻldi
Ijtimoiy tarmoqlar va ayrim Telegram kanallarida YPX inspektorlarining yangi formasi surati paydo boʻldi.

Zed News Telegram kanali maʼmurlarining xabar berishicha, bugun, 16 mart kuni YPX inspektorlari yangi formasini tajriba tariqasida sinovdan oʻtkazish boshlangan.

Joriy yilning yanvar oyida Toshkent shahar IIBB boshligʻi Rustam Joʻrayev yaqin oylar ichida ichki ishlar tizimi xodimlari uchun yangi formalar jamoatchilikka taqdim etilishi toʻgʻrisida maʼlum qilgandi.

“Yangi formalar har qanday rasmiy chiziqlardan xoli va qulay boʻlishiga eʼtibor qaratiladi. Chunki jamoatchilik orasida yuruvchi, operativ jarayonlarda ishtirok etuvchi ichki ishlar xodimi chaqqon boʻlishi lozim”, - deya aytib oʻtgan Rustam Joʻrayev maxsus brifingda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Internetda YPX inspektorlari yangi formasining surati paydo boʻldi