21:20 / 16.03.2019
4 225

Notarial harakatlarni amalga oshirish tartibida oʻzgarishlar yuz beradi

Notarial harakatlarni amalga oshirish tartibida oʻzgarishlar yuz beradi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.

Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilishi rejalashtirilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha:

quyidagi mazmundagi 1-1-band bilan toʻldiriladi:

“1-1. Mazkur Yoʻriqnoma 6-bandining ikkinchi xatboshisi, 8-bandning ikkinchi va oʻn birinchi xatboshilari hamda 88-bandda nazarda tutilgan hollarda notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonini majburiy audio va video qayd etiladi.

Notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonini audio va video qayd etishda notarial harakat ishtirokchilari va notarius tasvirga toʻliq tushirilishi shart. Bunda notarius tomonidan qanday turdagi notarial harakat amalga oshirilayotganligi ovoz chiqarib taraflarga tushuntirib berilganligi va notarial harakat ishtirokchilari tomonidan ushbu notarial harakat ularning asl maqsadiga muvofiqligini tasdiqlagan holda imzolash jarayoni toʻliq audio va video qayd etilishi lozim.

Audio va videoyozuv fayli notarial harakatga “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda Tizim deb yuritiladi) tomonidan berilgan reyestr raqami bilan nomlanadi va maxsus qurilmalarda saqlanadi.

Audio va videoyozuvlar fayllari kalendar yil yakunida DVD disklarga yoziladi hamda davlat notarial idoraning temir javoni yoki seyflarida alohida paketlarda saqlanadi.

Maxsus qurilmada yoki DVD disklarda saqlanayotgan audio va videoyozuvlar fayllari notarius ishdan boʻshaganda yoki boshqa ishga oʻtkazilganda yangi tayinlangan yoki vazifasi yuklatilgan notariusga dalolatnoma asosida topshiriladi.

Notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonini qayd etilgan audio va videoyozuvlar fayllari belgilangan tartibda notarial harakatlar yigʻma jildlari bilan idoraviy notarial arxivlarga topshirilishi kerak.”.

4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda Tizim deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Tizim” soʻzi bilan almashtiriladi.

9-bandda (Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun hujjatlar quyidagi hollarda qabul qilinmaydi):

quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldiriladi:
“Tadbirkorlik subyektlari tomonidan berilgan hujjatlarda muhr boʻlishi talab qilinmaydi.”;

beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblanadi.

25-bandda (Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda, uning vakolati tekshiriladi):
- uchinchi xatboshi (Bitimda yuridik shaxsning rahbari bevosita ishtirok etganda, bitimga yuridik shaxsning muhri ham qoʻyiladi) chiqarib tashlanadi;
- toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Notarial harakatlarni amalga oshirish tartibida oʻzgarishlar yuz beradi