18:18 / 18.03.2019
6 236

Toshkent viloyatida niqob kiyib bosqinchilik qilgan shaxslar qoʻlga olindi

Toshkent viloyatida niqob kiyib bosqinchilik qilgan shaxslar qoʻlga olindi
Joriy yilning 16 martga oʻtar kechasi Toshkent viloyatining Piskent tumanida uch nafar nomaʼlum shaxs yuziga niqob kiyib, temir boʻlagi va pichoq bilan qurollangan holda bosqinchilik jinoyatini sodir etgan, deya xabar beradi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Ular Navoiy mahallasida yashovchi F.A.ning uyida uning birga yashovchi oʻgʻli B.A.ni oʻldirish bilan qoʻrqitib, tan jarohati yetkazgan hamda uyidan 4 300 000 soʻm pul va taqinchoqlarni olib voqea joyidan yashiringan.

Koʻrilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Navoiy mahallasida yashovchi Z.S., Oʻrtachirchiq tumani Galabotir mahallasida yashovchi S.J. va Toshkent shahar Bektemir tumanida yashovchi M.M.lar sodir etganligi aniqlangan. Jinoyatni sodir etgan shaxslar qoʻlga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida niqob kiyib bosqinchilik qilgan shaxslar qoʻlga olindi