8 959
Toʻlin oy bahorgi tengkunlikka toʻgʻri keladi: munajjimlar bu nimaga olib kelishini aytishdi
21 martga oʻtar kechasi Yer ahli osmonda toʻlin oyni koʻradi. Munajjimlar bunday toʻlin oy odatdagidan ham sezilarliroq darajada odamlarning xulq-atvoriga taʼsir qilishini aytdi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.
Norasmiy “Xalqaro astrologiya kuni” yoki “munajjimlar kuni” 20 mart kuni nishonlanadi. Chunki bahorgi tengkunlikda astronomik bahorning boshlanishi qadimdan odamlar uchun alohida maʼnoga ega boʻlgan.
Munajjimlar aynan shu kuni toʻlin oy odamlarga taʼsir qilishi mumkin, deb hisoblaydi. Ularni xudbinlikka undashi, oniy his-tuygʻularga berilishiga va oʻylamay harakat qilishga sabab boʻlishi mumkin.
Koʻp psixologlar bunday taxminlar haqiqatan ham toʻgʻri kelishi mumkin deb hisoblaydi. Mutaxassislarning fikricha, bu yerda “notoʻgʻri paradoks” muhim rol oʻynaydi. Yuqorida yozilganlarga ishongan odamlar atrofdagilardan xudbinlik alomatlarini kutadi va bu kutuvlariga “tasdiq” ham oladi. Chunki har kungi odatlarning koʻpi xudbinlik yoki oʻylamay qilingan qaror deb talqin qilinishi mumkin.
Ayni paytda professional olimlar yulduz va sayyoralarning inson taqdiriga taʼsir qilishiga shubha qiladi. Lekin oy va toʻlin oy masalasida vaziyat biroz oʻzgarishi mumkin. Bundan ancha oldin oy sikli baʼzi dengiz organizmlarining hayotiy faoliyatiga molekulyar va genetik darajada taʼsir qilishi isbotlangan. 2013 yilda shveysariyalik mutaxassislar toʻlin oy payti inson uxlashga qiynaladi degan xulosaga kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi