16:00 / 19.03.2019
6 274

Qashqadaryoda “Neksiya” harakat vaqtida portlab ketdi

Qashqadaryoda “Neksiya” harakat vaqtida portlab ketdi
Foto: IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi
2019 yil 18 mart kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi T.D. oʻzining “Neksiya” rusumli avtomashinasini Beglamishsoy qishlogʻi hududida haydab ketayotgan vaqtida avtomashina yukxonasiga oʻrnatilgan 100 litr sigʻimli gaz balloni portlab ketgan.

Halokat natijada avtomashina haydovchisi va uning yoʻlovchisi 37 yoshli Gʻ.B. jarohat olib, kasalxonaga keltirilganida yoʻlovchi vafot etgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Hurmatli haydovchilar, agar boshqaruvingizdagi avtomashinaga gaz ballonlari oʻrnatilgan boʻlsa, ularning texnik soz holda ekanligiga muntazam eʼtibor qarating. Chunki, bu siz va yaqinlaringiz bilan yuz berishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalar oldi olinishining kafolatidir”, deyiladi Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda “Neksiya” harakat vaqtida portlab ketdi