Prokuratura organlarining 1 198 ta shtat birligi qisqartiriladi, shundan 87 tasi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoniga, 470 tasi Davlat soliq qoʻmitasi boʻlinmalariga yoʻnaltiriladi.
Bu haqda prezident 15 martda maxsus farmonni imzolagan. Soliq qonunchiligi boʻyicha oʻrinbosar lavozimi tugatilgani haqida avvalroq xabar berilgan.
Shuningdek, 2019 yil 1 apreldan tadbirkorlarni tekshirish prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan amalga oshiriladi.
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakilning tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarga oid qarorlari nazorat qiluvchi organlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimi Bosh prokuratura tasarrufidan Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil tasarrufiga oʻtkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?