15:53 / 22.03.2019
4 009

4 nafar qonunbuzarning 804 gramm yashirgan tillasi fosh boʻldi

4 nafar qonunbuzarning 804 gramm yashirgan tillasi fosh boʻldi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan ana shunday holatlarning bir nechtasi fosh qilindi.

Jumladan, yurtimizga kirib kelgan fuqaro M.E. shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilganida, egnidagi kiyimlari ichiga yashirilgan, jami ogʻirligi 199 grammga teng boʻlgan 59,7 million soʻmlik 10 dona sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini qoʻshni davlatdan olib kirishga boʻlgan urinishlari fosh qilindi. Fuqaro M.G.ni xolislar ishtirokida shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish chogʻida esa, yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan va ogʻzaki soʻrovda aytilmagan ogʻirligi 112 grammga teng boʻlgan qiymati 44,8 million soʻmlik 13 dona zargarlik buyumlarini yashirincha olib oʻtayotgan vaqtda toʻxtatib qolindi.

Shuningdek, fuqaroM.D.ning ham tuzgan rejasi chippakka chiqdi. U shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilganida, yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan va ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan, 244 gramm sariq metalldan yasalgan, qiymati 73,2 million soʻmlik zargarlik buyumlarini yashirincha yurtimizga olib kirayotgani aniqlandi.

Yana bir qonunbuzar fuqaro R.I.ning kirdikorlarini ham bojxonachilar fosh etishdi. Ushbu fuqaro 74,7 million soʻmlik 249 gramm ogʻirlikka teng boʻlgan sariq metalldan yasalgan, zargarlik buyumlarini yashirishga boʻlgan urinishlari naf bermadi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 4 nafar qonunbuzarning 804 gramm yashirgan tillasi fosh boʻldi