16:51 / 19.03.2019
6 003

Davlat ikkita tovarning narxlarini tartibga solishni toʻxtatadi

Davlat ikkita tovarning narxlarini tartibga solishni toʻxtatadi
Davlat ikkita tovarning narxlarini tartibga solishni toʻxtatadi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanalida xabar berilgan.

2018 yil bahorida narxlari va tariflarni davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatga molik hamda strategik toifadagi tovarlar va xizmatlar turlari roʻyxati tasdiqlangandi. Ular orasida un, benzin, etil spirti, mineral oʻgʻitlar va boshqalar bor.

2019 yil boshida Moliya vazirligi ushbu roʻyxatdan ikkita bandni chiqarib tashlash taklifi boʻlgan loyihani eʼlon qildi:

1. Aholining ijtimoiy zaif qatlamlari va davlatning strategik zaxirasini shakllantirish uchun moʻljallangan paxta moyi;
2. Shulxa va paxta chigiti shroti.

2019 yil 18 mart kuni hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Unga koʻra, endilikda ushbu tovarlarning narxlari davlat tomonidan tartibga solinmaydi va bozor mexanizmlari asosida shakllantiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat ikkita tovarning narxlarini tartibga solishni toʻxtatadi