20:43 / 24.03.2019
3 766

Samarqandlik ayol uch oylik oʻgʻlini 8 ming dollarga sotishga urindi

Samarqandlik ayol uch oylik oʻgʻlini 8 ming dollarga sotishga urindi
Toshkent viloyatining Toshkent tumanida yashovchi 25 yoshli Sh.O. oʻzining 3 oylik oʻgʻlini Oʻrta Chirchiq tumanida 8 ming dollarga sotayotgan vaqtida qoʻlga olingan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi 23 mart kuni tarqatgan axborotga koʻra, ushbu hodisa 18 mart kuni yuz bergan.

“Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.

Avvalroq Termizda 2-sinfda oʻqiydigan oʻgʻlini 25 million soʻmga sotishga uringan ayol qoʻlga olingani haqida xabar berilgan edi. Bundan tashqari, Xorazmda ikki haftalik chaqaloqni 200 dollarga sotishga uringan hamshira, Sirdaryoda 3 yashar oʻgʻlini 1100 dollarga, Surxondaryoda bir haftalik chaqalogʻini 3,5 million soʻmga baholagan onalar ushlangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandlik ayol uch oylik oʻgʻlini 8 ming dollarga sotishga urindi