21:55 / 24.03.2019
4 112

Samarqand: Qizlar bir kunga “Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi”ga aylanadi

Samarqand: Qizlar bir kunga “Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi”ga aylanadi
Samarqanddagi “Qizlarjon” oʻquvchi-qizlar sammiti doirasida qizlar tuman, shahar xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimida bir kunlik amaliyot oʻtashadi. Xotin-qizlar qoʻmitasi matbuot xizmati Kun.uzʻga shu haqida xabar berdi.

Samarqand shahridagi yoshlar markazida bugun Respublika xalq taʼlimi vazirligi, xotin-qizlar qoʻmitasi, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamda Samarqand viloyati hokimligi tomonidan “Ilm-fan – kelajak poydevori” shiori ostida “Qizlarjon” oʻquvchi-qizlar sammiti oʻz ishini boshladi.

Oʻquvchi-qizlarning zamonaviy bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, kasb-hunarga oʻrgatish, shuningdek, milliy urf-odat va anʼanalar ruhida tarbiyalash, oilaviy hayotga tayyorlash, ilgʻor tajribalarini ommalashtirish va qoʻllab-quvvatlash, umumtaʼlim maktablaridagi “Qizlarjon” klublari faoliyatini takomillashtirish kabi maqsadlarni koʻzlagan sammitda Oʻzbekistonning barcha hududlaridan 14-18 yoshdagi 140 nafar oʻquvchi-qiz ishtirok etmoqda.

Sammitda “Qizlarjon” klubi koordinatorlari, xalqaro va respublika fan olimpiadalari gʻoliblari, hunarmandlik, AKT sohasi bilan shugʻullanayotgan oʻquvchi-qizlar, innovatsion gʻoyalar mualliflari, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, yoshlar ittifoqi sardorlari hamda profilaktik hisobdagi tarbiyasi yaxshilanayotgan qizlar ishtirok etmoqda. Ular toʻrt kun davomida guruhlarga boʻlingan holda psixologik treninglar, mahorat darslari, hunarmand oʻquvchi-qizlar mahsulotlari savdo-yarmarkasida qatnashadi.

“Dublyor” loyihasi doirasida qizlar tuman, shahar xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimida bir kunlik amaliyot oʻtaydi.

Mashgʻulotlarni olib borish uchun respublikadagi taniqli olimalar, fan, madaniyat va sanʼat arboblari, hatto, Amerika Qoʻshma Shtatlaridan Anoka Ramsey instituti professori, Volf Laure xonim tashrif buyurgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqand: Qizlar bir kunga “Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi”ga aylanadi