Xorazmda quyosh panellari ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxona tashkil etiladi

  • 25 mart 2019, 20:45
  • 569
  • Jamiyat
  • Xorazmda quyosh panellari ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxona tashkil etiladi
    Oʻzbekiston davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Turkiyaning Endüstriyel Elektrik Elektronik San. ve Tic. Ltd. Şti. kompaniyasi oʻrtasida Vip Solar Endustriyel Uz qoʻshma korxonasini tashkil etish boʻyicha kelishuv imzolandi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidentining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilgan qarori loyihasida aytilmoqda.

    Hujjatda qayd etilishicha, mazkur qoʻshma korxonada 200 MVt quvvatga ega zamonaviy quyosh panellari ishlab chiqariladi.
    Qoʻshma korxonaning ustav kapitali 30 million dollarni tashkil qiladi.

    Bundan tashqari, 2021—2023 yillar mobaynida korxona yordamchi asbob-uskuna, jumladan, invertor, kollektor va boshqa turdagi energiya tejovchi asbob-uskuna va texnologiyalar ishlab chiqaradi.

    Korxona qurilishi uchun Urganch tumanidan 6 gektar yer maydoni ajratiladi.
    Qaror loyihasida aytilishicha, qoʻshma korxona 2022 yilning 1 yanvarigacha bir qator bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi.

    » » Xorazmda quyosh panellari ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxona tashkil etiladi