22:00 / 25.03.2019
8 170

Hayot fasllari

Hayot fasllari
Hayot va tijorat yil fasllariga o'xshaydi. Yil fasllarini o'zgartira olmaymiz, ammo o'zimizni o'zgartira olamiz. Shunday ekan, hayot fasllarini va ular bilan qanday munosabatda bo'lish kerakligini ko'rib chiqamiz.


Qish: kuchli bo'lish vaqti keldi.
Qishning turli xillari bor: moliyaviy inqirozga xavf tug'diradigan iqtisodiy qish, sog'lig'imizga xavf tug'diradigan jismoniy holat qishi, qalblarni tilka-pora qiluvchi shaxsiy qish. Qish vaqti: hamma narsadan ko'ngil qolishi...yakkalik...sog'inish...
Yetuk kishilar bu faslda kuchli, dono, yaxshi bo'la boshlaydilar.
Aynan qish shaxsiy rivojlanish vaqti- bu yaxshi g'oya. Men avvallari tushunmay, qishda o'zimni qidirardim. Keyin esa ishlarim orqaga keta boshlagach, janob Shoaff: "Sen yengil bo'lishini xohlama. Sen yaxshi bo'lishini xohlashing kerak. Sen muammolaring kamayishini istama. Sening mahorating kuchliroq bo'lishini ista. Sen kamroq e'tirozlar bo'lishini xohlama, sen donoroq bo'lishni xohla", dedi.
O'sha paytdan boshlab, qishdan keyin albatta keladigan bahor oldidan o'z faoliyatimni faollashtirishga bag'ishladim.


Bahor: imkoniyatlarni ishga solish vaqti.
Bahor imkoniyatlaridan foydalanishni o'rganishimiz kerak. Uning buyukligi qishdan keyin kelishidir. Qiyinchilik ortidan imkoniyatlar keladi.
Bahor- bor ustunliklarimizni ishga solish vaqti. Yaxshi ob-havo bizni yo'ldan urishiga yo'l qo'ymay, faolroq bo'lishimiz zarur. Ishlarimiz kuzda yaxshi bo'lishini istasak, bahorda urug' ekib olaylik. Har birimizning oldimizda ikki yo'l bor: yo bahorda urug' qadab, kuzda hosil yig'ishtiramiz, yo kuzda sadaqa so'raymiz.


Yoz: ekinga qarash vaqti.
Butun yoz davomida ekinlarimizni ovqatlantirish va himoya qilishni o'rganamiz. Ekinlarimizni himoya qila olmasak, hosildan ayrilamiz.
Yoz faslida amal qiladigan ikki haqiqat:
-biri, barcha yaxshi narsalar hujum ostida bo'ladi.
-ikkinchisi, hamma qadriyatlar himoya ostida bo'lishi zarur.


Kuz: javob beradigan vaqt.
Kuz- biz bahor va yozda qilgan mehnatlarimiz mevalarini terib oladigan vaqt. Kishi yetukligini bahor va yozda g'amxo'rlik qilgan va kuzda olgan hosil darajasi uchun to'la javobgarlikni zimmaga olish qobilyatidan bilish mumkin. Kuzda yaxshi hosil olgan bo'lsak, maqtovlarsiz va ishni eplay olmagan bo'lsak, noroziliklarsiz qabul qilishni o'rganishimiz kerak. Bu oson bo'lmasada, lekin shunday qila olsak, bizni yetukligimizni bildiradi.

Muvaffaqiyatsizligimizga hukumat, soliqlar, jamiyat, narxlar, ob- havo sababchi emas, balki o'zimiz sababchimiz, deb yozadi Jim Ron.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hayot fasllari