00:08 / 26.03.2019
3 813

Oʻzbekiston bozorlarida narx-navo qanday?

Oʻzbekiston bozorlarida narx-navo qanday?
Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 2019 yil 24 mart holatidagi narxlari

Mol goʻshti 28 000 soʻmdan – 40 000 soʻmgacha
Eng arzon narx Chorsu dehqon bozori, Farhod dehqon bozori (ikkalasi Toshkent) va Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kg. mol goʻshtining narxi 28 000 soʻmdan - 38 000 soʻmgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol goʻshti uchun eng qimmat narx Andijondagi markaziy dehqon bozori hamda Urganch shahar (Xorazm) markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 30 000 – 42 000 soʻm.

Qoʻy goʻshti 28 000 soʻmdan – 42 000 soʻmgacha
Eng arzon narx 1 kg. qoʻy goʻshti uchun Farhod dehqon bozori, Chorsu dehqon bozori va Qoraqalpogʻistonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz qoʻy goʻshtini 28 000 dan 38 000 soʻmgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Toshkentdagi Qoʻyliq dehqon bozori va Andijondagi markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qoʻy goʻshti 40 000 – 42 000 soʻmga.

Tovuq goʻshti 11 000 soʻmdan – 21 000 soʻmgacha
Eng arzon narx Xorazmdagi markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 11 000 soʻmdan – 16 000 soʻmgacha.
Eng qimmat narxdagi tovuq goʻshti esa Mirobod dehqon bozorida kuzatildi – 18 000 – 21 000 soʻm.

Guruch 4 200 soʻmdan – 15 000 soʻmgacha
Eng arzon narx Toshkentdagi Qoʻyliq dehqon bozorida qayd etilgan – 4 200 – 12 000 soʻm.
Eng qimmat narx esa Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 4 500 – 15 000 soʻm.

Oʻsimlik yogʻi 8 500 soʻmdan – 12 500 soʻmgacha
Eng arzon oʻsimlik yogʻi poytaxtimizdagi “Farhod” dehqon bozori va Fargʻonada Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz oʻsimlik yogʻini 8 500 soʻmdan – 11 500 soʻmgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx ham poytaxtda “Mirobod” dehqon bozorida qayd etilgan – 12 500 soʻmgacha.

Un 1 750 soʻmdan – 4 900 soʻmgacha
Eng arzon un Toshkentning “Qoʻyliq” dehqon bozorida boʻlib, uning narxi 1 kg. uchun 1 700 – 3 350 soʻm. 1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx Surxondaryo viloyatining Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 1 kg. 1-navli un narxi 1 500 soʻmdan.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un uchun Mirobod dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 soʻm. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Qoʻyliq dehqon bozori, Xorazmdagi Urganch Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 000 soʻmgacha.

Shakar 4 300 soʻmdan – 5 500 soʻmgacha
Eng arzon narx Toshkent shahridagi “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 4 300 – 5 200 soʻm.

1 kg shakar uchun Respublikamizdagi eng qimmat narx Qoraqalpogʻiston Markaziy dehqon bozori, Fargʻona markaziy dehqon bozori hamda Xorazmda Urganch Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 5 500 soʻm.

Tuxum 300 soʻmdan – 650 soʻmgacha
Respublikamiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini oʻrtacha 300 - 650 soʻmdan xarid qilishingiz mumkin.

Kartoshka 1 100 soʻmdan – 3 000 soʻmgacha
Eng arzon narx poytaxtdagi ”Chorsu” dehqon bozorida qayd etildi – 1 100 soʻmdan – 2 200 soʻmgacha.
1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx ham Toshkentda ”Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 1 200 – 3 000 soʻmgacha.

Pomidor 5 000 soʻmdan – 17 000 soʻmgacha
Eng arzon narx “Chorsu” dehqon bozorida kuzatildi – 5 000 soʻmdan - 15 000 soʻmgacha.

Eng qimmat narx esa Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida, Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorida, hamda Navoiy shahridagi “Saxovat” MCHJga qarashli Markaziy dehqon bozorida va Xorazmda Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 17 000 soʻmgacha.

Xoʻjalik sovuni 1 500 soʻmdan – 3 500 soʻmgacha
Eng arzon narx Namangan shahri Markaziy dehqon bozori, Surxondaryo Markaziy dehqon bozorida, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi “Yerqoʻrgʻon dehqon bozori”da va Fargʻonadagi Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda siz xoʻjalik sovunini 1 500 soʻmdan (3 500 soʻmgacha) xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Jizzax shahridagi, Namangan shahri va Xorazmning Urganch shaharlaridagi Markaziy dehqon bozorlarida qayd etildi – 3 000 – 3 500 soʻmgacha.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekiston bozorlarida narx-navo qanday?