Oʻzbekiston karate federatsiyasining sobiq rahbari Nurxon Nafasov poytaxtda sayyor qabul oʻtkazgan Bosh prokuror Otabek Murodov bilan uchrashib, oʻziga nisbatan qasddan ayb uyushtirilgani, lavozimi kerak boʻlgani uchun uni qator muammolarga duchor qilishganini maʼlum qilib, nohaq ayblovlarni fosh etishda undan yordam soʻradi. Bu haqda OʻzA maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuror masalani oʻz nazoratiga olishini, ishga aloqador barcha holatlar tekshirilib, huquqiy baho berilishini bildirgan.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning yanvarida Milliy olimpiya qoʻmitasi (MOQ) rasmiy saytida Karate federatsiyasining sobiq raisi Nurxon Nafasovning jinoyatlari toʻgʻrisida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga maʼlumot berilgani va tergov jarayonida ushbu maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topib, N.Nafasovga nisbatan Jinoyat kodeksining bir necha moddasi bilan ish ochilgani toʻgʻrisida xabar bergandi.
Soʻng bu xabarga Bosh prokuratura rasman raddiya berib, Nurxon Nafasov hech qanaqa jinoyat ishida figurant emasligini bildirgan, shu bilan birga, MOQga aybsizlik prezumpsiyasi haqida eslatgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi