13:50 / 26.03.2019
3 559

Shermatov: “Prezidentimiz oʻqituvchining maoshini 1000 dollarga yetkazish kerakligini koʻp aytganlar”

Shermatov: “Prezidentimiz oʻqituvchining maoshini 1000 dollarga yetkazish kerakligini koʻp aytganlar”
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Xalq taʼlimi vazirligi mutasaddilari ishtirokida “Oʻqituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish bilan bogʻliq muammolar va ularning yechimlari” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtmoqda, deb xabar qildi “Xalq soʻzi”.

Unda xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov soʻzga chiqib, jamiyatda oʻqituvchining maqomini yuksaltirish, mavqeini oshirish, ijtimoiy taʼminlanganlik darajasini koʻtarish, oʻqituvchini oʻz xizmat vazifasidan tashqari ishlardan ozod qilish singari sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar xususida aytib oʻtgan.

“Davlatimiz rahbarining eng birinchi qarori ham oʻqituvchining maqomini oshirishga qaratilgan edi, - dedi xalq taʼlimi vaziri. - Vaqti kelib, jamiyatda oʻqituvchining mavqei bundan ham yuksaladi. Prezidentimiz har bir videoselektorda oʻqituvchilar haqida albatta gapirib oʻtadilar, “Ularning oyligini 1000 dollarga chiqarmaguncha toʻxtamaymiz”, deb koʻp aytadilar. Nasib qilsa, albatta, shu darajaga boramiz”, dedi Sherzod Shermatov.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shermatov: “Prezidentimiz oʻqituvchining maoshini 1000 dollarga yetkazish kerakligini koʻp aytganlar”