16:53 / 26.03.2019
3 949

Talabalarga shartnoma toʻlovlarining ikkinchi yarmini toʻlash muddati 15 aprelga qadar uzaytirildi

Talabalarga shartnoma toʻlovlarining ikkinchi yarmini toʻlash muddati 15 aprelga qadar uzaytirildi
Talabalarga 2018/2019 oʻquv yili uchun shartnoma toʻlovlarining ikkinchi yarmini toʻlash muddati 15 aprelga qadar uzaytirildi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2019 yil 25 martdagi 16-son bayoni bilan respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriati va magistraturasida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga 2018/2019 oʻquv yili uchun shartnoma toʻlovlarining ikkinchi yarmini toʻlash muddati joriy yilning 15 apreliga qadar (shu kuni ham) uzaytirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, oliy taʼlim muassasalarida kontrakt asosida oʻqitishning toʻlov miqdori bilim sohalari, soha va taʼlim yoʻnalishlari, taʼlim shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan yoki ajralmagan holda) va taʼlim bosqichlari (bakalavriat, magistratura, ikkinchi va undan keyingi taʼlim) boʻyicha alohida, har oʻquv yili uchun belgilanadi

Kontrakt asosida oʻqitish uchun toʻlov oʻquv yilining quyidagi muddatlarida:

belgilangan toʻlov miqdorining kamida 50 foizi - talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15 sentyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari uchun 1 oktyabrgacha;

qolgan qismi (qismlarga boʻlib toʻlangan hollarda ham) - 1 martgacha amalga oshiriladi.

Qoʻshimcha oshirilgan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan abituriyentlarning birinchi oʻquv yili uchun toʻlovi Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Talabalarga shartnoma toʻlovlarining ikkinchi yarmini toʻlash muddati 15 aprelga qadar uzaytirildi