4 050
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi muhokamasi portaliga Oʻzbekistonda taksilar faoliyatini takomillashtirishga oid hujjat loyihasi joylashtirildi. Unga koʻra, 2019 yilning 1 iyulidan jismoniy shaxslarga toʻrt kishidan ortiq boʻlmagan yoʻlovchi oʻr
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi muhokamasi portaliga Oʻzbekistonda taksilar faoliyatini takomillashtirishga oid hujjat loyihasi joylashtirildi.
Unga koʻra, 2019 yilning 1 iyulidan jismoniy shaxslarga toʻrt kishidan ortiq boʻlmagan yoʻlovchi oʻrindiqli yengil avtomobillarda yoʻlovchi tashishga ruxsat beriladi. Bunda ular YATT sifatida elektron platforma orqali operatorlar bilan shartnoma imzolagan boʻlishi kerak.
Avtomobilni muayyan rangga boʻyash shart emas, yopishadigan materiallar bilan avtomobil eshiklariga, kapotiga va yana qayerigadir taksi belgilari tushiriladi.
Yoʻnalishsiz taksi sifatida foydalanishga moʻljallangan yengil avtomobillarning ijara shartnomasini notarial rasmiylashtirish talabi bekor qilinadi.
“Hujjat loyihasida turli platformalar orqali xizmat koʻratadigan yuridik shaxslarga ham talablar belgilanmoqda. Masalan, masala oʻz maqomi toʻgʻrisida internetga batafsil axborot joylashtirishi kerak boʻladi. Serverlari Oʻzbekistonda joylashgan boʻlishi kerak, soliq va hokazolar”, deya izoh bergan “Davletovuz” kanali.
Yuridik shaxslar taksilari yoʻl yoqasidagi parkovkalar, aeroportlar, vokzallar, avtostansiyalar, savdo markazlari hamda markaziy bozorlar parkovlaridan bepul foydalanish huquqiga ega. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»