07:38 / 27.03.2019
3 322

Yana bir bank xodimi koʻplab fuqarolarning plastik kartochkasidagi pullarini oʻgʻirladi

Yana bir bank xodimi koʻplab fuqarolarning plastik kartochkasidagi pullarini oʻgʻirladi
Bogʻot tumanida yashovchi Akbar tumandagi banklardan biriga (tergov manfaatlaridan kelib chiqqan holda, ayblanuvchining ismi oʻzgartirildi, bank nomi oshkor etilmadi) “Plastik kartochkalar tizimini rivojlantirish shoʻbasi” mudiri lavozimiga tayinlangach, ish stolida oʻtirib bank xujjatlarida aynalayotgan, bank mijozlariga tegishli pullarni koʻrib, “halovati yoʻqoldi”.

“Nahotki shu pullardan foydalana olmasam, axir bol (asal) tutgan barmogʻini yalaydi deyishadiku”, degan fikr Akbarga tinchlik bermasdi. Nihoyat 2016 yilning mart oyida miyasiga kelgan “fikr”dan xursand boʻlib ketdi. U hech nimadan tap tortmasdan bank mijozi hisoblangan 100 nafardan ortiq fuqarolarning plastik kartochkalarini oʻzining telefon raqamiga “CLICK” tizimi orqali ulab oldi. Natija esa 2016 yilning mart oyidan 2017 yilning sentabr oyiga qadar 101 nafar fuqaroning bank plastik kartochkasidan 21 million soʻmdan ortiq pul mablagʻining yashirin ravishda oʻgʻirlanishi bilan yakunlandi. Bu haqda Xorazm viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Bankda oʻtkazilgan nazorat tekshiruvi chogʻida sobiq mudirning kirdikorlari fosh etildi va unga nisbatan JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (Oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Xozirda tuman ichki ishlar boʻlimi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yana bir bank xodimi koʻplab fuqarolarning plastik kartochkasidagi pullarini oʻgʻirladi