2 615
Toshkent metropolitenida bepul Wi-Fi va elektron toʻlovlar barcha bekatlarga joriy qilinadi
Yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish, mamlakatda sayyohlikni rivojlantirish va keng targʻib qilish maqsadida “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi tomonidan sinov tariqasida metro bekatlarida bepul, tezligi 512 Kbit/s boʻlgan Wi-Fi oʻrnatilgan (ichki resursida). Bu haqda Oʻzbekiston temir yoʻllari matbuot xizmati xabar berdi.
Hozirgi kunda “Alisher Navoiy” va “Paxtakor” bekatlarida ushbu tizim samarali faoliyat koʻrsatmoqda. Mazkur xizmatdan har qanday Oʻzbekiston Respublikasining uyali aloqa operatorining abonentlari boʻlgan yoʻlovchilar avtorizatsiyadan oʻtgandan keyin (SMS-kodi orqali) foydalanishi mumkin. Ayni paytda poytaxtdagi barcha metro bekatlarida internetga bepul Wi-Fi texnologiyasi orqali ulanishni kengaytirish boʻyicha ishlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda. Mazkur loyiha Independent Telecom innovations IT-kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, sinov tariqasida “Bodomzor” va “Mustaqillik maydoni” bekatlarida joriy qilingan elektron toʻlovlar tizimi boshqa bekatlarda ham keng joriy qilinadi. Unda zamonaviy avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi, yaʼni NFC dasturini oʻrnatish koʻzda tutilgan. Ushbu loyihaga koʻra, uyali aloqada mavjud boʻlgan hisoblardan ham toʻlovlarni amalga oshirish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi