Fuqarolik kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (20.03.2019 yildagi OʻRQ–531-son Qonun), deb yozmoqda Norma.
Ayni paytgacha koʻchmas mulkning barcha oldi-sotdi shartnomalari notarial tartibda tasdiqlanishi lozim edi. Endi hammasi bevosita koʻchmas mulk obyektiga bogʻliq.
Kvartira, uy yoki ularning qismlari, shuningdek mulkiy kompleks sifatida umuman korxonaning oldi-sotdi bitimlarini majburiy notarial tasdiqlash tartibi saqlanib qoldi. Tegishincha, agar yer uchastkalari, binolar, inshootlar, koʻp yillik dov-daraxtlar va boshqa koʻchmas mulk obyektlari sotilsa, notarius huzuriga borish shart emas.
Quyidagi jihatlarga eʼtibor qaratish lozim:
birinchidan, majburiy notarial tasdiqlash toʻgʻrisidagi qonun talabi bekor qilindi, biroq istalgan taraflardan biri avvalgidek uning notarial shakliga rioya etilishini talab qilishi mumkin (FKning 110-moddasi 2-qismi);
ikkinchidan, istalgan koʻchmas mulk obyektiga, hatto notarius tomonidan tasdiqlanmagan bitimlar boʻyicha mulk huquqining oʻtishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim. Eslatib oʻtamiz, mulk huquqi yuzaga kelgan (oʻtgan) kundan boshlab bir oy mobaynida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun murojaat qilish lozim. Iyun oyidan boshlab ushbu muddatni buzganlik uchun jarima sola boshlaydilar;
uchinchidan, Fuqarolik kodeksida faqat koʻchmas mulk obyekti turiga qarab notarial tartibda tasdiqlash majburiyligi belgilandi. Biroq Qonunchilik palatasida tuzatishlarni muhokama qilish jarayonida faqat yuridik shaxslarga tegishli koʻchmas mulkni majburiy tartibda tasdiqlash bekor qilinishi haqida soʻz yuritilgan edi.
Ehtimol, qonun loyihasining ushbu qismiga keyinroq Senatda tuzatish kiritilgandir, biroq bitim subyektlari tarkibiga (yuridik, jismoniy shaxslar) doir shartlarga qonunosti va idoraviy hujjatlar darajasida ham aniqlik kiritilishi mumkin. Misol uchun, Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga tegishli tuzatishlar kiritilishi kerak.
Qonun 21.03.2019 yildan kuchga kirdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi