22:39 / 27.03.2019
6 979

Termizda Alpomish haykali oʻrnatildi (foto)

Termizda Alpomish haykali oʻrnatildi (foto)
Termiz shahridagi “Sanʼat saroyi” maydonida Alpomish monumental haykali oʻrnatildi. Haykaltarosh Qurbon Norxoʻrozov tomonidan yaratilgan ushbu sanʼat asarida “Alpomish” dostonidagi bosh qahramon Alpomishning Boychibor otini Bobotogʻ choʻqqisidan bulutlararo “uchirtirib” borayotgan obrazi tasvirlangan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar berdi.

Maydonga koʻrk baxsh etib turgan ushbu monumentni yaratish uchun haykaltarosh usta tomonidan bir yildan oshiqroq vaqt sarflangan. Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Termizda qad rostlagan ushbu monument I Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali oldidan keng jamoatchilikka taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

“Ushbu asarimda qahramonning gʻalabaga boʻlgan ishonchi, kuchi, shiddatini tasvirladim. Qoʻlida yoy koʻtargan, mard, jasur, oʻziga ishonchi baland Alpomish siymosini yaratishga asosiy eʼtibor qaratdim”, — deydi haykaltarosh Qurbon Norxoʻrozov.

Aytish kerakki, oʻzbek xalqining ori, tantiligi, gʻururi, yurtga muhabbatini oʻzida aks ettirgan ushbu ijod namunasi oʻsib kelayotgan yosh avlodni yurtga sadoqat, vatanparvar, mard va jasur etib tarbiyalashda muhim oʻrin tutishi shubhasiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Termizda Alpomish haykali oʻrnatildi (foto)