00:30 / 28.03.2019
4 806

Bosh prokuratura Murod Xontoʻrayev boʻyicha oxirgi xabarlar yuzasidan oydinlik kiritdi

Bosh prokuratura Murod Xontoʻrayev boʻyicha oxirgi xabarlar yuzasidan oydinlik kiritdi
Aralash yakkakurashlar jangchisi, oʻzbekistonlik Murod Xontoʻrayev oʻzining pichoqlangani haqidagi xabarlarni rad etgan boʻlsa-da, u 15 mart kuni “kesib-sanchilgan jarohatlar” bilan kasalxonaga yotqizilgani maʼlum boʻldi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati Kun.uzʻga maʼlum qilishicha, 15 martga oʻtar kechasi soat 1:55da Murod Muxamadusmonovich Xontoʻrayev Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasiga xirurgiya boʻlimiga “kesib-sanchilgan jarohatlari” bilan murojaat qilgan.

Murod Xontoʻrayev klinikaga yetib kelgan militsiya xodimlariga oʻz uyi oldida ehtiyotsizlik natijasida yiqilib tan jarohati olganini, hech kim bilan urishmaganini maʼlum qilgan.

Oradan toʻrt kun oʻtib, 19 mart kuni mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulugʻbek tumani IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Lekin jinoyat ishi kimga nisbatan qoʻzgʻatilganiga oydinlik kiritilmagan.

Bugun, 27 mart kuni GoSport nashri “Murod Xontoʻrayev yana pichoqlandi” sarlavhali xabar tarqatgandi. Koʻp oʻtmasdan Murod Xontoʻrayev Instagramida bu xabarni rad etdi.

Eslatib oʻtamiz, Xontoʻrayev 2018 yil davomida ham ikki marta pichoqlangan edi. U 2018 yil 21 iyunga oʻtar kechasi bir qator shaxslar bilan birgalikda Yunusoboddagi tungi klublardan birida “jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan, tartibsizlik qilgani” haqida xabar berilgandi. Oʻshanda uning oʻzi tan jarohati (koʻkragiga pichoq bilan zarba berilgan) bilan Yunusoboddagi 7-kasalxona (sobiq 17-shahar kasalxonasi)ga yotqizilgan, keyingi kuni militsiya tomonidan olib ketilgandi.

2018 yilning 26 noyabr kuni Toshkent shahridagi “Toshkent savdo markazi” (sobiq Turkuaz) hududida yakkakurash sport turining aralash turi boʻyicha jahon chempioni Murod Xontoʻrayev pichoqlab ketilgani xabar berilgandi.

Keyinchalik, internetda MMA jangchisi Murod Xontoʻrayevning ofisiga uyushtirilgan hujumga oid videolar tarqaldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura Murod Xontoʻrayev boʻyicha oxirgi xabarlar yuzasidan oydinlik kiritdi