06:35 / 28.03.2019
2 950

Mis oʻgʻrilarining “misi chiqdi”

Mis oʻgʻrilarining “misi chiqdi”
Tomdi tuman maʼmuriy sudining ochiq sayyor sud majlisida Navoiy viloyatidagi Markaziy kon boshqarmasidan rangli metall oʻgʻirlagan sakkiz nafar huquqbuzarning ishi koʻrib chiqildi.

Aniqlanishicha, huquqbuzarlarning barchasi Markaziy kon boshqarmasida ishlab kelib, u yerdan salkam uch million soʻmlik rangli metallarni oʻgʻirlashadi. Oʻgʻirlangan narsani esa yarim bahosiga sotishadi.

Sud majlisida huquqbuzarlarning barchasi qilmishiga iqrorlik bildirib, qilgan ishlaridan chin koʻngildan pushaymon ekani, yetkazilgan zararni toʻliq qoplaganligi va boshqa bunday holat qayta takrorlanmasligini bildirib, suddan qonuniy yengillik berishni soʻrab iltimos qilgan.

Sud huquqbuzarlikning ijtimoiy xavflilik darajasini va boshqa holatlarni inobatga olib, ularning barchasiga qilmishiga yarasha jarima jazosi tayinladi. Jarima jazolarini umumiy miqdori esa oʻgʻrilik orqasidan topilgan “foyda”dan ancha banlandki, ularga qarata ayting keladi: “Sizlar shu kerakmidi-a?!”
Zarif Utamuratov,
Tomdi tuman maʼmuriy sudi raisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mis oʻgʻrilarining “misi chiqdi”