07:53 / 28.03.2019
3 120

“Qaratau” arogʻini noqonuniy sotishga urinish holati oldi olindi

“Qaratau” arogʻini noqonuniy sotishga urinish holati oldi olindi
Departamentning Nukus shahar boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Nukus shahri, Ye.Alakoʻz koʻchasi boʻylab harakatlanib borayotgan 2 ta “DAMAS” rusumli avtomashinalar toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda, fuqaro Q.Q hech qanday hujjatlarsiz 2844 shisha “Qaratau” nomli aroqlarni sotish maqsadida olib ketayotgani aniqlangan.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, fuqaroning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda, sotish maqsadida saqlab qoʻyilgan umumiy qiymati 233,9 mln. soʻmlik jami 19 687 shisha alkogol mahsulotlari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.

Mazkur holat yuzasidan Q.Q.ga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Qaratau” arogʻini noqonuniy sotishga urinish holati oldi olindi