13:33 / 28.03.2019
4 050

“Peshexod”lar qachongacha piyodalarning boshini yeydi?!

“Peshexod”lar qachongacha piyodalarning boshini yeydi?!
Bundan yarim yil avval koʻz oʻngimda piyodalar yoʻlakchasida katta tezlik bilan ketayotgan avtomobil yosh bolani urib yubordi. Ayb haydovchida edi.

Yana bir marta esa qoʻlimda goʻdagim bilan yoʻldan xavfsirab oʻtayotganimda oʻpkasini qoʻltiqlagan bir olifta qimmat mashinasida bizga tegay-tegay deb oʻtib ketgan. Piyoda sifatida men haq edim.

Oʻtgan yil yozda esa mashhur aktrisa Fotima Rejametovaning isteʼdodli farzandi Farangiz Rejametova aynan piyodalar yoʻlakchasidan oʻtayotganda tezlikni oshirgan mashina haydovchisi tomonidan urib yuborildi.

Agar surishtirib koʻrsangiz, haydovchilarning piyodalar yoʻlakchasini mensimaslik holatlari deyarli har bir odam bilan sodir boʻlgan. Afsuski, piyodalar yoʻlakchasi hali ham piyodalarning umriga zomin boʻlishda davom etmoqda.

Raqamlarga murojaat qiladigan boʻlsak, dunyo miqyosida sodr boʻladigan yoʻl harakati hodisalarining har toʻrttadan bittasi piyodalar yoʻlakchasi bilan bogʻliq ekan.

Bunga chora koʻrish vaqti keldi. Fotoradarlar qonunbuzarliklarni sezilarli darajada kamaytirdi, biroq oxirigacha yoʻq qila olgani yoʻq.

Chunki piyodalarga oʻz yoʻlagida biroz yoʻl berish uchun avvalo vijdon, biroz muruvvat hamda sabr kerak boʻladi. Bu xislatlar esa barcha haydovchilarda ham topilavermaydi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Peshexod”lar qachongacha piyodalarning boshini yeydi?!