18:07 / 28.03.2019
3 613

DSQ: internetda tarqalgan videodagi shaxs soliq organlari vakili emas (video)

DSQ: internetda tarqalgan videodagi shaxs soliq organlari vakili emas (video)
27 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Oʻrikzor” bozorida tasvirga tushirilgan video tarqaldi, unda tadbirkor soliq organlari xodimining harakatlari yuzasidan oʻz noroziligini bildirgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, ushbu videoda tasvirlangan M.E. soliq organlari vakili hisoblanmaydi.
DSQ xabarida bildirilishicha, u Uchtepa tumani hokimligining iqtisodiy boʻlimi xodimidir.
Maʼlum boʻlishicha, u mahalliy hokimliklar qoshida soliq organlariga halol tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash va shaffofligini taʼminlash uchun koʻmak koʻrsatish maqsadida tashkil etilgan jamoat guruhlari ishi doirasida harakat qilgan.
Bildirilishicha, vaziyat oʻrganilmay turib, ushbu videorolik ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborilgan. Bu, oʻz navbatida, soliq xizmatlari obroʻsiga salbiy taʼsir qilgan.
DSQning eslatishicha, yolgʻon maʼlumot yetkazish, tuhmat javobgarlikka sabab boʻladi.
Bundan oldin, Soliq qoʻmitasi “Oʻrikzor”dagi holatda soliq inspektori nohaq boʻlmagani haqida maʼlum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DSQ: internetda tarqalgan videodagi shaxs soliq organlari vakili emas (video)