08:10 / 29.03.2019
3 861

Qoʻyliq bozorigacha boʻlgan metro shu yilning sentyabridan ishga tushirilishi aytildi

Qoʻyliq bozorigacha boʻlgan metro shu yilning sentyabridan ishga tushirilishi aytildi
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” joriy yilning sentabr oyigacha yer osti metropolitenining birinchi qismini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.

“Biz “Doʻstlik” metro bekatidan “Qoʻyliq” bozorigacha uzunligi 11 kilometr boʻlgan dastlabki bosqichni joriy yilning sentyabrigacha ishga tushirishni rejalashtirganmiz”, — deb taʼkidlagan kompaniya vakili.

Metro halqa yoʻlining umumiy uzunligi 52 kilometrdan oshadi. Harakatlanish oʻrtacha tezligi 60 kilometr boʻladi.
2017—2021 yillarga moʻljallangan loyiha besh bosqichdan iborat boʻlib, umumiy hisobda 35 ta stansiyalar qurish rejalashtirilgan.
Yangi metro Yashnobod, Uchtepa, Olmazor, Yunusobod, Chilonzor va Sergeli tumanlaridan oʻtadi.

Xabarda aytilishicha, metro halqa yoʻli kuniga 40 mingga yaqin yoʻlovchilar tashiydi. Beshta bosqich ishga tushirilganidan keyin esa ularning soni taxminan bir millionga yetadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoʻyliq bozorigacha boʻlgan metro shu yilning sentyabridan ishga tushirilishi aytildi