Oʻzbekistonlik ayolni xitoylik eri bir yil qullikda asraganligi aniqlandi

  • 29 mart 2019, 10:32
  • 1 349
  • Jamiyat
  • Oʻzbekistonlik ayolni xitoylik eri bir yil qullikda asraganligi aniqlandi
    Yaqinda Oʻzbekistonning Shanxaydagi vakolatxonasi vakillari mahalliy politsiya mahkamasiga murojaat etib, oʻzbekistonlik Maftuna Xolmatova haqida toʻliq maʼlumot yigʻib berishlarini soʻragandi. Tez kunda iltimos qondirildi. Maftuna yashab turgan yerga vakolatxona vakillari politsiyachilar hamrohligida tashrif buyurishdi.

    Suhbat davomida shu narsa maʼlum boʻldiki, 2018 yil iyunida Maftuna Namangandagi nikoh agentligi orqali Xitoy fuqarosi Yao Venxao bilan tanishgan. Erkakning niyati jiddiyligiga amin boʻlgach, u bilan rasman nikohdan oʻtgan va Xitoyga joʻnab ketgan. Ammo kelishi bilan uni qullikka mahkum etishgan. Eri ayolni och holda uyga qamagan holda ushlab, kaltaklagan, pasportini ham olib qoʻygan. Bir soʻz bilan aytganda, oʻzi istagancha Maftunaning ustidan kulgan. Suhbat yakun topgach, mahalliy politsiyachilar Maftunani vakolatxona vakillari ixtiyoriga berishdi. Ayol Pekin orqali 28 mart kuni Toshkentga uchib keldi.

    Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi mutasaddilari bu fojiadan kelib chiqib fuqarolarni ehtiyotkorlikka chorlab qoladi. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatni birovga ishonib berib qoʻymaslikni maslahat beradi. Agar xorijiy davlatga uzoq muddatga tashrif buyurishsa, albatta oʻsha joydagi vakolatxonada roʻyxatdan oʻtishni tavsiya etishadi.

    » » Oʻzbekistonlik ayolni xitoylik eri bir yil qullikda asraganligi aniqlandi