Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida “Sudlar faoliyatida ochiqlik va oshkoralik prinsipini taʼminlashda OAVning oʻrni va roli” mavzuida tadbir oʻtkazgani haqida xabar berilgan edi.
Tadbirda “Advokat” jurnali bosh muharriri Nurbek Toshniyozov mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirar ekan, gap orasida oʻzi rahbarlik qilayotgan nashrda chop etilayotgan tanqidiy maqolalar boʻyicha muxtasar gapirib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga “oʻz qoʻlingizgacha yetib borsa, (Sizni) jurnalimizga bepul obuna qilishga tayyormiz” deya yarim hazil, yarim chin ohangida qistirib oʻtdi. Oʻz navbatda, Oliy sud raisi jurnalga shundogʻam obuna boʻlishi mumkinligi, davlat oʻziga yaxshigina maosh toʻlashini minnatdor ohangda (davlatgayam, taklifgayam!) bildirib oʻtdi.
Albatta, maosh miqdorini oshkor qilmadi, qanchaligini soʻrash esa odob meʼyorlariga toʻgʻri kelmaydi. Biroq gap bunda emas. Gap, ommaviy axborot vositlarida, xususan, “Advokat” jurnalida sudlar faoliyatiga oid chop etilayotgan tanqidiy maqolalarga eʼtibor yetarlicha boʻlmayotganida! Hamkasbimiz shuni nazarda tutdi, chogʻi... Modomiki, sudlar faoliyatida ochiqlik va oshkoralik prinsipi taʼminlanishida ommaviy axborot vositalarining oʻrni beqiyos ekan, xolis munosabat xayrli ishning debochasi hisoblanadi.
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi