14:50 / 29.03.2019
3 322

Abduxoliq Gʻijduvoniy maqbarasi ziyorat etilib, Qurʼon tilovat qilindi

Abduxoliq Gʻijduvoniy maqbarasi ziyorat etilib, Qurʼon tilovat qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev maqbarada amalga oshirilgan qurilish-taʼmirlash ishlarini koʻzdan kechirdi. Bu yerga imom-xatiblarni jalb etib, ularga allomalarimiz maʼnaviy merosini toʻgʻri va chuqur oʻrgatish, xalqimizga yetkazish boʻyicha topshiriqlar bergani haqida prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

– Kitobda oʻqish boshqa, ziyorat qilib, yurakdan oʻtkazib oʻrganish boshqa. Bu joy maʼrifat markazi boʻlishi, odamlar oʻziga ilm olib ketishi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Oʻtgan yil 16 fevral kuni viloyatga tashrif chogʻida Prezidentimiz “Yetti pir” maqbaralarini obod qilish, ularni bogʻlovchi turizm yoʻnalishi tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar bergan edi.

Davlat rahbari bu maskanlarni obod qilish bilan birga “Yetti pir” haqida kitob yaratish, ularning ilmiy merosini targʻib etish zarurligini aytdi.

– Bunday maʼnaviy xazina boshqa hech qayerda yoʻq. Bu xazinani mukammal oʻrganish, odamlarga, yoshlarga oson tilda yetkazish kerak. Maqsadimiz – yoshlarimiz oʻzimizning allomalarga ergashsin, merosini bilsin, ular bilan faxrlansin, – deb taʼkidlab oʻtdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Abduxoliq Gʻijduvoniy maqbarasi ziyorat etilib, Qurʼon tilovat qilindi