18:50 / 29.03.2019
5 452

Haj va Umra ziyorati uchun qoʻshimcha aviareyslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

Haj va Umra ziyorati uchun qoʻshimcha aviareyslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Fuqarolarning umra ziyoratiga borishga boʻlgan ehtiyojini inobatga olib “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi qoʻshimcha aviareyslar qatnovini yoʻlga qoʻyadi. Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.

Poytaxt hokimligi tomonidan milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirishga qaratilgan eʼtiborga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda yurtimizda joriy etilayotgan qulayliklar aholining koʻnglini koʻtarayotganligi, tinchlik-osoyishtalik va bagʻrikenglik muhitiga shukronalik keltirishida muhim omil boʻlayotganligi eʼtirof etildi. Xususan, fuqarolarning “Haj” va “Umra” amallarini tashkil etish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, yigʻilishda “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha Jamoatchilik kengashi fuqarolarning umra ziyoratiga borishga boʻlgan ehtiyojini inobatga olib, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bilan birgalikda qoʻshimcha aviareyslar qatnovi yoʻlga qoʻyilayotganligi maʼlum qilindi.

Uchrashuvda Respublika hukumati yurtdoshlarimiz diniy ibodatlarini qulay tarzda amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan barcha shart-sharoitlarni yaratayotgani alohida taʼkidlandi.

Maʼlumot uchun:Joriy yilda Oʻzbekiston boʻyicha 16 ming fuqaro Umra ziyoratini amalga oshirgan boʻlib, Toshkent shahridan ziyoratga 2,5 mingdan ziyod fuqaro borib kelgan.

Umra ziyorati davrida din sohasida faoliyat yuritayotgan malakali xodimlar ziyoratchilarga guruh rahbari sifatida xamrohlik qilmoqda. Ziyoratchilarga tibbiy xizmat koʻrsatilmoqda, qulay sharoitga ega mehmonxonalar ajratilgan, fuqarolar uch mahal issiq taom bilan taʼminlangan va Saudiya Arabistoni Qirolligida transport masalalari toʻliq hal etilgan.

Fuqarolarni “Haj” va “Umra” ziyoratiga yuborish ishlari Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyundagi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 364-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom hamda 2017 yil 28 dekabrdagi 1031-sonli qaroriga asosan tashkil etiladi.
Bugunga qadar har yili 5 ming oʻzbekistonlik “Haj” safariga va 6 mingi “Umra” ziyoratiga borgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Haj va Umra ziyorati uchun qoʻshimcha aviareyslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi