06:00 / 30.03.2019
4 231

Fargʻonadagi maktabda oʻqituvchi nega oʻquvchiga qoʻpol munosabatda boʻldi?

Fargʻonadagi maktabda oʻqituvchi nega oʻquvchiga qoʻpol munosabatda boʻldi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻonadagi maktablarning birida muallima ayol kichik yoshdagi oʻquvchi qizga baqirib, boshiga qoʻli bilan turtib, misol “tushintirayotgani”ni holati aks etgan videolavha tarqaldi. Muxbirimiz mazkur voqeaga oydinlik kiritishga harakat qildi.

Mazkur holat Fargʻona shahar xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 40-sonli ixtisoslashtirilgan maktabida kuzatilgan. 5-“G” sinf kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi Feruza Mirzayeva tomonidan matematika fani boʻyicha uyga vazifalarni bajarish vaqtida shu sinf oʻquvchisi Munavvarxon Yusupovaga nisbatan qoʻpol muomalada boʻlgan. Tasvir maktab hududiga yashirin tarzda uyali aloqa vositasini olib kirgan mazkur sinfda oʻqiydigan oʻquvchi tomonidan 3-chorakning oxirida olingan. Oʻquvchi tasvirni onasiga etib koʻrsatgan. Video tasvir bir necha kun davomida shaxsiy aloqa vositasida saqlab kelgan hamda 2019 yilning 27 mart kuni qarindoshi tomonidan shaxsiy uyali aloqa vositasiga yuklab olinib, telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali turli kanal va guruhlarga tarqatib yuborilgan.

Maktab maʼmuriyati bu holatdan xabar topib, navbatdan tashqari pedagogik kengash oʻtkazgan. Pedagogik kengash davomida F.Mirzayeva oʻquvchiga nisbatan shaxsiy adovati boʻlmaganligini aytib oʻtgan hamda pedagogik kengashning qaroriga asosan F.Mirzayeva oʻz arizasiga binoan vazifasidan ozod etilgan.

Shuningdek, holat yuzasidan 28 mart kuni 5-“G” sinf ota-onalari ishtirokida navbatdan tashqari yigʻilish tashkil etilgan. Yigʻilishda ishtirok etgan ota-onalari F.Mirzayeva va 5-“G” sinf rahbari Feruza Karabayevaning mexnat faoliyatiga nisbatan hech kanday eʼtirozlari yuqligi, F.Mirzayevaning ish faoliyatini davom ettirishini soʻrab maktab direktoriga murojaat xatlari yozib qoldirgan. Bundan tashkari, voqeani videotasvirga tushirgan oʻquvchining onasi farzandining xatti-harakatlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borishga va farzandining kelajakda maktab hududida uyali aloqa vositasidan foydalanmasligi toʻgʻrisida tilxat yozib bergan.

Fargʻona viloyati xalq taʼlimi boshkarmasi boshligʻi huzurida ham yigʻilish oʻtkazilib, ushbu holat muhokama qilindi.

Shu oʻrinda bir mulohaza. Keyingi paytda mamlakatimizda taʼlim sohasida katta islohotlar olib borilib, oʻqituvchining jamiyatdagi nufuzini oshirishga muhim eʼtibor qaratilmoqda. Oʻqituvchini oʻquvchilarga tazyiq oʻtkazishga, kamsitishga haqqi yoʻq. Ammo oʻquvchilarning tarbiyasini yaxshilashda qattiqqoʻllik ham kerak. Oʻqituvchi oʻquvchini yaxshi oʻqisin, deya shunday tanbeh bergandir... Mana bunday holatlarda esa oʻqituvchiga keskin chora koʻrish kerakmikan, aslida. Bu borada fikrlaringizni kutib qolamiz.

Manba: Uza.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fargʻonadagi maktabda oʻqituvchi nega oʻquvchiga qoʻpol munosabatda boʻldi?