11:23 / 30.03.2019
3 428

Toshkentda 7 tonnalik sumalakni tayyorlash boshlandi (foto)

Toshkentda 7 tonnalik sumalakni tayyorlash boshlandi (foto)
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
Toshkentdagi Central Parkʻda 7 tonnalik sumalak tayyorlash boshlandi, deya yozadi Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi.

Sumalakni tayyorlash uchun 1,25 tonna bugʻdoy va 4 tonna un ketgan. Tayyorlash jarayonida 80 nafar oshpaz qatnashmoqda.

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
Ushbu milliy taom xayriya maqsadida tayyorlanmoqda. 30 mart kuni tayyor boʻlgan sumalak mehribonlik uylariga, poytaxt ahli va mehmonlariga tarqatiladi.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi, Coca-Cola Oʻzbekiston kompaniyasi va Toshkent shahar hokimiyati tadbir tashkilotchilar sifatida qatnashmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 7 tonnalik sumalakni tayyorlash boshlandi (foto)