11:43 / 30.03.2019
6 632

Namanganda roʻy bergan dahshatli YTHda 5 kishi halok boʻldi (foto)

Namanganda roʻy bergan dahshatli YTHda 5 kishi halok boʻldi (foto)
Foto: Namangan viloyat IIB YHXB
2019 yil 26 mart kuni soat 07.00 atrofida Pop tumani hududidan oʻtuvchi “Fargʻona halqa yoʻli” avtomobil yoʻlining 25-kilometrida koʻplab insonlar oʻlimiga olib kelgan YTH sodir boʻldi. Bu haqda “Daryo” Namangan viloyat IIB YHXB matbuot xizmatiga tayanib maʼlum qildi.

Chust tumani Munchoqtepa mahallasida yashovchi Sh.D Lacetti rusumli mashinani boshqarib kelayotganida qarshisidan harakatlanib kelayotgan Fargʻona viloyati, Oltiariq tumanida yashovchi S.E. boshqaruvidagi Isuzu avtomobili bilan toʻqnashgan.

Hodisa oqibatida Lacetti haydovchisining oila aʼzolari — onasi, akasi, turmush oʻrtogʻi, qizi va yana bir yoʻlovchi voqea joyida halok boʻldi. Lacetti haydovchisi hamda Isuzu haydovchisi va yoʻlovchisi tan jarohati olib, Pop tuman kasalxonasiga yotqizilgan.

Foto: Namangan viloyat IIB YHXB
27 mart kuni soat 11:00 atrofida Namangan—Yangiqoʻrgʻon yoʻlining 6-kilometrida, Rovut mahallasi hududida Isuzu avtobusi yoʻlning qatnov qismiga chiqqan piyoda, shu mahallada yashagan 59-sonli maktabning 4-sinf oʻquvchisi, 2008 yilda tugʻilgan Z. M.ni urib yubordi.

Buning oqibatida oʻquvchi tan jarohati olib, voqea joyida hayotdan koʻz yumgan.
Yuqoridagi ikki holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda roʻy bergan dahshatli YTHda 5 kishi halok boʻldi (foto)