12:00 / 30.03.2019
5 058

Samarqandda odam urib voqea joyidan yashiringan haydovchi ushlandi

Samarqandda odam urib voqea joyidan yashiringan haydovchi ushlandi
Foto: Samarqand viloyati IIB
28 mart kuni soat taxminan 7:00 atrofida Urgut-Jartepa avtomobil yoʻlining Urgut tumani Jartepa mahallasidan oʻtuvchi qismida nomaʼlum avtomashina Jartepa mahallasida yashovchi 1962 yilda tugʻilgan fuqaro G.J.ni urib yuborgan. Haydovchi voqea joyidan qochib ketgan. Bu haqda viloyat IIBga tayanib “Daryo” maʼlum qildi.

Yoʻl-transport hodisasi natijasida jabrlanuvchining tos suyagi sinib, ogʻir tan jarohati olib tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Urgut tuman IIB YHXB tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida YTHni mazkur tumandagi Qoldivayjar mahallasida yashovchi 1980 yilda tugʻilgan fuqaro I.I. sodir etganligi aniqlangan. I.I. oʻzining VAZ-2106 avtomashinasida yoʻl-transport hodisasini sodir etgan.

Foto: Samarqand viloyati IIB
Hozirda holat yuzasidan turgov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda odam urib voqea joyidan yashiringan haydovchi ushlandi