16:15 / 30.03.2019
3 216

Kasallikni davolagandan uning oldini olgan afzal

Kasallikni davolagandan uning oldini olgan afzal
Bugun poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 15-oilaviy poliklinikada roʻyxatda turuvchi 150 nafardan ortiq aholi tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Ayni paytda mazkur poliklinikada rekonstruksiya ishlari olib borilayotganligi uchun poliklinika vrach va hamshiralari fuqarolarni Olimpiya mahalla fuqarolar yigʻinida tekshiruvdan oʻtkazdilar.

– Kasallikni davolagandan uning oldini olgan afzal, deydi xalqimiz. Shu bois aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarziga rioya qilish borasida tushuntirish ishlarini olib boryapmiz, tibbiy koʻrik davomida tibbiyot muassasalariga chiqish imkoniyati boʻlmagan faxriylar, bemorlarning uylariga borib tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va sogʻlomlashtirish choralari ham koʻrilmoqda, - deydi 15-oilaviy poliklinika oilaviy vrachi Jamila Ismatava.

Tadbir davomida aholi maxsus laboratoriyada umumiy qon analizi topshirib, ultratovush tekshiruvidan ham oʻtkazildi. Shuningdek, ularga oila shifokori va hamshiralari tomonidan tegishli tavsiyalar ham berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kasallikni davolagandan uning oldini olgan afzal