10:38 / 31.03.2019
4 812

Toshkentda yashovchi ayol oʻz uyi oshxonasida oʻldirib ketildi

Toshkentda yashovchi ayol oʻz uyi oshxonasida oʻldirib ketildi
Foto: UzNews
2019 yil 30 mart kuni soat 14.00 da Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga qotillik holati haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda “Daryo” Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib maʼlum qildi.

Maʼlum boʻlishicha, shu kuni taxminan soat 13:55 da Mirzo Ulugʻbek tumani, Sayram koʻchasi, 3a-uydagi xonadon oshxonasidan ushbu manzilda yashagan ayolning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi rahbari Surayyo Rahmonovaga koʻra, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish boʻlimi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yashovchi ayol oʻz uyi oshxonasida oʻldirib ketildi