07:30 / 01.04.2019
4 747

Samarqandda aka-ukalar jiyanini “tarbiyalayman” deb urib, oʻldirib qoʻydi

Samarqandda aka-ukalar jiyanini “tarbiyalayman” deb urib, oʻldirib qoʻydi
Foto: IIV
2019 yil 29 mart kuni Navoiy viloyati, Xatirchi tumani Urganji qishlogʻida yashovchi H.X. Uchquduq tumani, Yoʻlchilar qoʻrgʻonida yashovchi akasi Z.X. bilan Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumani, Koʻmir qishlogʻida yashovchi opasi D.X.ning uyiga kelgan. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Bu yerda aka-ukalar voyaga yetmagan jiyani B.A.ni tarbiyalash maqsadida tanasining turli joylariga tayoq bilan urib, jarohat yetkazgan. Oqibatda bolaning sogʻligʻi yomonlashganligi sababli uni boshqa xonaga olib chiqib, yotqizib qoʻyilgan.

B.A. olgan tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, aka-ukalar hibsga olindi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda aka-ukalar jiyanini “tarbiyalayman” deb urib, oʻldirib qoʻydi