08:43 / 01.04.2019
7 574

1 apreldan shifokorlar oylik maoshi oshiriladi

1 apreldan shifokorlar oylik maoshi oshiriladi
2018 yil 7 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tibbiyot muassasalari va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolangandi.

Qarorda davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatiga haq toʻlash miqdorlari qayta koʻrib chiqilgan.
Unga koʻra, ularning oyligi 2018 yil 1 dekabrdan 1,2 baravar va 2019 yil 1 apreldan 1,15 baravar bosqichma-bosqich oshirilishi nazarda tutilgandi.

Shuningdek, 1 apreldan boshlab respublikaning ayrim tumanlarida tibbiyot muassasalarini “har bir davolangan holat” uchun klinik-xarajat guruhlari boʻyicha va kishi boshiga moliyalashtirish tizimini eksperiment tartibida joriy eti lishi belgilangan. Eksperiment natijalarini tanqidiy tahlil qilish asosida moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini 2020 yil 1 apreldan boshlab respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tatbiq eti lishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, joriy yil 1 iyuldan boshlab
- viloyat va tuman (shahar) darajasidagi statsionar sogʻliqni saqlash muassasalarida aralash moliyalashtirish tizimini joriy etish, bunda kafolatlangan bepul tibbiy xizmat hajmiga kirmaydigan davolash turlari pulli asosda amalga oshiriladi;
- ayrim davolash-profilaktika muassasalarini ishlab chiqilgan investitsiya loyihalari asosida belgilangan tartibda investorlarga ishonchli boshqaruvga berish;
- Oʻzbekiston Respublikasida majburiy tibbiy sugʻurtalashni bosqichma-bosqich joriy etish boshlanadi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1 apreldan shifokorlar oylik maoshi oshiriladi