19:51 / 01.04.2019
6 652

Qulupnayning tarkibidagi vitaminlar hamda foydali xususiyatlar

Qulupnayning tarkibidagi vitaminlar hamda foydali xususiyatlar
“Meva qahramoni” deb e’tirof etilgan, barcha insonlar sevib iste’mol qiluvchi, bahorning o’rtalarida uyalib, yer yuzasiga ikki yuzini qizartirib mana men deb chiquvchi- qulupnayning tarkibida:
- vitamin- C, A, E, PP, B1, B2;
-kislotalar- tannik, foliy, aspartik, ellagik;
-kimyoviy elementlar- temir (Fe), kalsiy (Ca), mis (Cu);
-boshqa moddalar- karotin, pektin, sellyuloza, antosiyanin.

Foydali xususiyatlari:
-ko’rish qobilyatini tiklashi mumkin;
-epiteliy to’qimalarini sog’lig’ini saqlab turadi;
-karotin va A vitamini bo’lgani uchun kechada ko’rlikni kamaytirishi mumkin;
-hazm qilishda ham ishtirok etadi;
-ich qotib qolishini yaxshilaydi;
-tarkibidagi B1 vitamini asab tizimi faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi;
-B2 vitamini ko’zning nuriga ham foyda;
-mevasi yurak faoliyatini yaxshilab, immunitetni oshiradi;
-sharbati ishtahani ochadi;
-ichaklarni tozalaydi;
-buqoqning oldini oladi;
-jigar va buyrakning yaxshi ishlashiga, qabziyat va anemiyaga qarshi qo’l keladi;
-foliy kislotasiga boyligi sababli xotirani mustahkamlaydi;
-qulupnay mevasini ezib, smetana bilan aralashtirib, yuz terisiga surtsangiz ajin tushishini oldini oladi hamda yuzni tetiklashtiradi;
-qulupnay mevasini ezib, ozgina limon sharbati qo’shasiz va sepkillar ustiga surtsangiz, sepkillaringiz ko’zga tashlanmaydigan bo’lib qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qulupnayning tarkibidagi vitaminlar hamda foydali xususiyatlar