Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 08.01.2019 yildagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 4102-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Chilonzor tuman prokurori tomonidan tuzilgan ishchi guruhi yordamida, tumandagi kam taʼminlangan va yordamga muhtoj oilalar uyma-uy yurib oʻrganildi.
Oʻrganishda, tuman prokurori A.Kamilov hamda tuman Majburiy ijro byurosining boshligʻi I.Akbarovlar, mutasaddi idoralar bilan birga “Katta Qozirobod” mahallasida yashovchi M.Zagrebinaning 1 mln. soʻmdan ortiq qarzdorligi homiylar yordamida qoplanashiga amaliy yordam koʻrsatildi.
Shuningdek, “Al-Xorazmiy” mahallasida yashovchi A.Akromovaning elektr energiyasidan qarzdorligi uchun muqaddam tarmoqdan uzib qoʻyilgan xonadoni homiylarning yordami bilan 405 ming 460 soʻm toʻlanishi natijasida, tarmoqqa qayta ulab berildi.
Bundan tashqari, tumanda yashovchi:
- fuqaro T.Tashxodjayevaning tabiiy gazdan boʻlgan 1 mln. 100 ming soʻm;
- D.Axmedovaning elektr energiyasidan boʻlgan qarzdorligini qoplash uchun 1 mln soʻm, ichimlik suvidan boʻlgan 750 ming soʻm va maishiy chiqindi uchun 250 ming soʻm,
- A.Mehmonovning tabiiy gazdan boʻlgan 542 ming soʻm;
- B.Xusanovaning tabiiy gazdan boʻlgan qarzdorligi uchun 500 ming soʻm;
- F.Sayfutdinovaning tabiiy gazdan boʻlgan qarzdorlik uchun 700 ming soʻmlik qarzdorliklari homiylar yordamida qoplanishiga amaliy yordam koʻrsatildi.
Ushbu tadbirlardan maqsad – tumandagi aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush darajasida sezilarli ijobiy oʻzgarishlarga hissa qoʻshish hamda jonli muloqotni yoʻlga qoʻyishdir. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?